Rahmat!

Natijangiz koʻrsatilgan elektron pochtaga yuborildi

Rahmat!

Sizning soʻrovingiz yuborildi

Maʼlumotlaringizni qoldiring, biz test natijalarini, Garvard modeli asosidagi ovqatlanish boʻyicha tavsiyalarni va JSST jismoniy faollik boʻyicha tavsiyalarini pochtangizga yuboramiz
*Majburiy maydon
*Majburiy maydon
*Majburiy maydon
«Yuborish» tugmasini bosish orqali siz quyidagi shartlarga rozisiz Shaxsiy maʼlumotlardan foydalanish siyosati

Har qanday yoshda parhez va tirzepatid yoki semaglutid inyeksiyalarini qo‘llashda mushak massasini qanday saqlab qolish mumkin?

Основная картинка
Biz oddiy arifmetikaga o‘rganib qolganmiz: kamroq kaloriya — kamroq kilogramm. Lekin organizm hisoblagich emas. Tadqiqotlar tasdiqlashicha, u yog‘ bilan birga bizga kuch, taranglik va salomatlik baxsh etuvchi mushaklarni ham parchalaydi. Natijada parhezdan so‘ng yengillik o‘rniga charchoq, mushaklar bo‘shashishi va bo‘g‘imlarga ortiqcha yuklama paydo bo‘ladi. Nima uchun bunday bo‘ladi? Tanangiz xavfdan xoli ekanini qanday tekshirish va parhez kuch hamda salomatlikni yo‘qotishga olib kelmasligini qanday ta’minlash mumkin? Shu haqda ushbu maqolada so‘z yuritamiz.
Nima uchun vazn yo‘qotayotganda mushak massasini ham yo‘qotamiz?

Siz parhez tutishni boshlaganingizda, organizm o‘zining energiya zaxiralaridan foydalana boshlaydi. Ammo ko‘pchilik yog‘ bilan birga mushak to‘qimasi ham yo‘qolishini bilmaydi. Bu tabiiy jarayon: tana mushaklarni qo‘shimcha energiya va oqsil manbayi deb biladi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, vazn fiziologik me’yorda kamayganda (haftasiga 0,5–1 kg) yo‘qotishlar nisbati taxminan 75% yog‘ to‘qimasiga, 25% esa mushak massasiga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, yo‘qotilgan har 10 kilogrammning 2,5 kilogrammi sizning mushaklaringiz hisoblanadi.

Nima uchun mushaklar bunchalik muhim? Mushaklar — bu shunchaki go‘zallik va kuch degani emas. Ular:

  • Bizning “metabolik depomiz” — mushaklar qancha ko‘p bo‘lsa, moddalar almashinuvi shuncha tezlashadi
  • Bo‘g‘imlar va suyaklarni himoya qilish — baquvvat mushak korseti skeletga tushadigan yuklamani kamaytiradi
  • Qondagi qand miqdorini nazorat qilish — mushaklar glyukozani iste’mol qilib, uning me’yoriy darajasini saqlashga yordam beradi

Demak, preparat nafaqat tarozidagi raqamlarni o‘zgartiradi, balki metabolizmga tizimli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Aynan mana shu kompleks ta’siri tufayli u metabolik terapiya deb ataladi.

Parhez paytida qancha mushak massasi yo‘qotiadi?

Umumiy ko‘rsatkichlar

Mashhur Minnesota tajribasida va zamonaviy tizimli sharhlarda tasdiqlanishicha, maxsus choralar ko‘rilmasa, mushaklar yo‘qotilishi umumiy vazn kamayishining 15–25% ini tashkil qiladi.

2-tur qandli diabetga chalingan bemorlardagi o‘ziga xos xususiyatlar

2-tur qandli diabeti (2-tur QD) bor odamlar mushak yo‘qotish xavfi yuqori bo‘lgan guruhga kiradi. Nima uchun?

  1. Insulinorezistentlik mushaklarning ozuqa moddalarini o‘zlashtirish qobiliyatini buzadi.
  2. Surunkali yallig‘lanish mushak tolalarining parchalanishini tezlashtiradi.
  3. Qondagi qand miqdori yaxshi nazorat qilinganida ham mushaklarda oqsil sintezi sustlashadi

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kam kaloriyali parhezga rioya qilinganda 2-tur qandli diabeti bor bemorlar taxminan 2,9 kg, sog‘lom odamlar esa 2,8 kg mushak massasini yo‘qotadi. Farq katta bo‘lmasa-da, baribir mavjud. Bunda umumiy vazn yo‘qotishdagi mushaklar ulushi ikkala guruhda ham bir xil — taxminan 25% bo‘lib qoladi.

Ozish uchun qilinadigan inyeksiyalarning mushak massasiga ta’siri

Keling, tirzepatid (Mounjaro®, Sejaro® va b.) va semaglutid (Ozempic®, Semavic®, Semavic® Next va b.) ukollari yordamida ozganda yog‘ va mushaklar qanday nisbatda ketishini ko‘rib chiqamiz. Birinchi navbatda nima yo‘qoladi? Preparatlar o‘rtasida farq bormi?

Haqiqiy tadqiqotlarga asoslangan eng mashhur ikki vositani1,2 tana tarkibini aniq ko‘rsatuvchi DEXA usuli yordamida tahlil qilamiz.

Tirzepatid

2025-yilda e’lon qilingan SURMOUNT tadqiqoti shuni ko‘rsatadiki, tirzepatid qabul qilish fonida mushak massasini yo‘qotish hissasi umumiy vazn yo‘qotishning taxminan 25% ini tashkil etadi va bu ko‘rsatkich dori-darmonlarsiz tabiiy ozish bilan tengdir.

Tadqiqotda 160 kishi qatnashdi: 124 nafari tirzepatid, 36 nafari platsebo (ta’sirsiz dori) qabul qildi. 72 hafta davomida tirzepatid qabul qilgan ishtirokchilar dastlabki vaznining o‘rtacha 21,3% ni yo‘qotdi, platsebo guruhida esa vazn atigi 5,3% ga kamaydi.

Tana tarkibida qanday o‘zgarishlar yuz berdi:

  • Yog‘ miqdori 33,9% ga kamaydi (platsebo guruhida — 8,2% ga)
  • Mushak massasi 10,9% ga (platsebo guruhida 2,6% ga) kamaydi

Bu amalda nimani anglatadi: yo‘qotilgan har bir kilogrammning taxminan 75% ni yog‘, atigi 25% ni esa yog‘siz tana massasi tashkil qiladi. Bu 25% ga nafaqat mushaklar, balki suyaklar, ichki a’zolar va yog‘ bilan birga chiqib ketadigan suv ham kiradi. Bundan tashqari, yog‘siz tana massasining bir qismi ichki a’zolar hajmining qisqarishi hisobiga to‘g‘ri keladi, bu esa semizlikda salbiy emas, aksincha, ijobiy holat.

Bu yerda ham oddiy parhez yordamida ozishdagidek (75/25) nisbatni ko‘ryapmiz. Ya’ni, tirzepatid mushak massasini yo‘qotish tabiatini o‘zgartirmaydi, shunchaki organizmga ko‘proq yog‘ni parchalashga yordam beradi.

Semaglutid

STEP 1 tadqiqotiga murojaat qilamiz. Unda ortiqcha vazn yoki semizlikdan aziyat chekadigan (qandli diabetga chalinmagan) 140 kishi ishtirok etgan. Ularning bir qismi 2,4 mg dozada semaglutid (Ozempik®, Semaviс® va b.), boshqa bir qismi esa platsebo qabul qilgan. Tadqiqot natijalari:

  • 68 hafta ichida vazn kamayishi: –15,0% (platsebo guruhida –3,6%)
  • Umumiy yog‘ massasi 19,3% ga kamaydi.
  • Visseral yog‘ (eng xavfli, ichki yog‘) 27,4% ga kamaydi.
  • Yog‘siz (mushak) massa 9,7% ga kamaydi.

Xulosa: semaglutid birinchi navbatda yog‘ni parchalaydi, mushaklarni esa oddiy parhezga qaraganda yaxshiroq saqlaydi. Vazn qanchalik ko‘p kamaysa (15% dan boshlab), mushaklarning yog‘ga nisbati shunchalik yaxshilanadi. Bu normal va ijobiy jarayondir.

Xulosa: tirzepatid va semaglutid taqqoslash

Ikkala preparat ham asosan yog‘ hisobiga ozishga yordam beradi. Ularda mushaklarning yo‘qotilish ulushi bir xil — umumiy vazn kamayishining taxminan 25% ni tashkil qiladi. Bu parhez yordamida odatdagi nisbat bilan bir xil.Tirzepatid ham, semaglutid ham mushak massasini ataylab kamaytirmaydi.

  • Tirzepatid mushak massasiniyo‘qotilish ulushi bir xil bo‘lgani holda, vazn va yog‘ning ko‘proq kamayishini ta’minlaydi. Uning qo‘shaloq ta’sir mexanizmi yog‘ to‘qimasini faolroq eritish imkonini beradi.
  • Semaglutid ham yog‘ni, ayniqsa xavfli bo‘lgan visseral (ichki) yog‘ni samarali ravishda yo‘qotadi. Ozishdan so‘ng tanadagi mushak massasining ulushi ortadi, bu esa ijobiy belgidir.

Asosiy farqlar

Tirzepatid va semaglutidning ta'sir mexanizmlarini taqqoslash
Vazn kamaytirishda mushaklarni qanday saqlab qolish mumkin: oqsil va jismoniy mashqlarning o‘rni

Xushxabar: mushaklar kamayishini ikki barobarga, ya’ni umumiy vaznning 10–13% gacha kamaytirish mumkin. Buning uchun ikkita asosiy shartga rioya qilish kerak:

  1. Oqsilni yetarli miqdorda iste’mol qilish

Parhez paytida organizm qurilish materialiga ayniqsa muhtoj bo‘ladi. Ozish davrida oqsilga bo`lgan ehtiyojodatdagidan yuqori bo‘ladi:

  • Mavjud vaznning har 1 kg vazn uchun kamida 1,2–1,5 g
  • Intensiv mashg‘ulotlar paytida — har 1 kg vazn uchun 1,6–2 g

Oqsil manbalari: tovuq go‘shti, baliq, tuxum, tvorog, dukkaklilar, proteinli kokteyllar.

  1. Kuch mashqlari

Aynan kuch bilan bajariladigan mashqlar organizmga: “Mushaklar kerak, ularga tegma!” degan signalni beradi.

  • Mushak massasini saqlab qolish uchun haftasiga 2–3 marta kuch mashqlari bilan shug‘ullanish yetarli.
  • Intensiv mashg‘ulotlar paytida — har 1 kg vazn uchun 1,6–2 g
  1. Testosteronning o‘rni

Testosteron darajasi mushaklarning saqlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. U qanchalik past bo‘lsa, shuncha ko‘p mushak yo‘qotiladi. Bu, ayniqsa, o‘rta va katta yoshdagi erkaklar hamda menopauza davridagi ayollar uchun muhimdir.

Xulosa: qanday qilib ozish va mushaklarni saqlab qolish kerak

Mushak massasini yo‘qotmasdan ozish — mutlaqo real, lekin bu jiddiy yondashuvni talab qiladi. Mushak massasini saqlab qolishga nimalar yordam beradi:

  • Yetarli miqdorda oqsil. Shunchaki «oqsilga boy mahsulotlarni iste’mol qiling»deyish bilan cheklanmasdan, tana vazningiz va jismoniy yuklamalaringizni hisobga olgan holda kunlik oqsil me’yorini aniqlang. Mushaklarga har kuni qurilish materiali kerak.
  • Muntazam kuch mashqlari. Kardio yoki piyoda yurish emas, aynan kuch mashqlari muhim. Bu organizmga to‘g‘ridan-to‘g‘ri signal beradi: “mushaklar kerak, ularga tegma”.
  • Qandli diabet va dori-darmonlar qabul qilishda alohida e’tibor talab etiladi. 2-tur qandli diabeti bor va semaglutid yoki tirzepatid qabul qilayotgan kishilar mushak massasini tezroq yo‘qotadi. Ular uchun oqsil iste’moli va mashg‘ulotlar nazorati o‘ta muhimdir.

Asosiysi: tarozidagi raqamga emas, balki tana tarkibiga e’tibor qarating. Agar mushaklarni saqlagan holda yog‘dan xalos bo‘lsangiz, ozish muvaffaqiyatli hisoblanadi. Faqat shundagina siz nafaqatchiroyli qomatga, balki ko‘p yillik salomatlik, kuch-quvvat va yuqori hayot sifatiga erishasiz.

Ko`p beriladigan savollar

Ozish vaqtida qancha mushak massasi yo‘qoladi?
O‘rtacha hisobda, maxsus choralar ko‘rilmaganda, standart vazn tashlash jarayonida yo‘qotilgan umumiy vaznning taxminan 25% i mushaklar hissasiga to‘g‘ri keladi. Masalan, agar siz 10 kg vazn tashlagan bo‘lsangiz, shundan taxminan 2,5 kg mushak massasiga to‘g‘ri keladi. Kuch mashqlari va yetarli miqdordagi oqsil yordamida bu yo‘qotishni ikki barobarga kamaytirish mumkin.
Mushak massasini yo‘qotmasdan ozish mumkinmi?
Ha, buning iloji bor. Asosiy shartlar — yetarli miqdorda oqsil iste’mol qilish (tana vaznining har 1 kilogrammiga kamida 1,2–1,5 g) va haftasiga 2–3 marta muntazam kuch mashqlarini bajarish. Bu organizmga mushaklar kerakligi haqida signal beradi va u asosan yog‘ zaxiralarini sarflay boshlaydi.
Nima uchun 2-tur qandli diabetda mushaklar tezroq yo‘qoladi?
Insulinrezistentlik tufayli mushaklar ozuqa moddalarini yomonroq o‘zlashtiradi, surunkali yallig‘lanish esa ularning parchalanishini tezlashtiradi. Qondagi qand miqdori yaxshi nazorat qilinganda ham, 2-tur qandli diabeti bor kishilar mushak massasini diabeti yo‘q odamlarga qaraganda biroz tezroq yo‘qotadi. Shu sababli ular uchun ratsiondagi oqsil miqdorini va jismoniy faollikni kuzatib borish ayniqsa muhim.
Ozish uchun mo‘ljallangan preparatlar mushaklarga qanday ta’sir qiladi?
Semaglutid va tirzepatid kabi vazn yo‘qotish uchun zamonaviy vositalar ortiqcha kilogrammdan xalos bo‘lishga samarali yordam beradi, ammo ular organizm aynan nimani — yog‘ yoki mushaklarni yo‘qotayotganini farqlay olmaydi. Agar qo‘shimcha choralar ko‘rilmasa, ushbu preparatlarni qabul qilish natijasida yo‘qotiladigan mushak massasining ulushi 25–40% ga yetishi mumkin. Mushaklarni saqlab qolish uchun dori-darmonlarni oqsilga boy taomlar hamda jismoniy mashqlar bilan birlashtirish muhim.
Ozish paytida qancha oqsil iste’mol qilish kerak?
Optimal me’yor — hozirgi vaznning har bir kilogrammi uchun 1,2–1,5 g oqsil. Agar faol shug‘ullansangiz, me’yorni 1,6–2 g gacha oshirishingiz mumkin. Oqsilni kun davomida 3–4 mahal ovqatlanishda tteng taqsimlab iste’mol qilgan ma’qul.
Mushak massasini saqlab qolishga qanday mahsulotlar yordam beradi?
Oqsilning eng yaxshi manbalari: tovuq go‘shti, kurka go‘shti, baliq, tuxum, tvorog, yunon yogurti, dukkaklilar, tofu Shuningdek, qo‘y go‘shti, mol go‘shti, ot go‘shti hamda milliy sut mahsulotlari — qatiq, suzma va qurut ham oqsilga boy manbalardir (ulardagi oqsil miqdori 20–25% gacha yetadi, bu go‘sht tarkibidagi oqsil miqdoriga yaqin). Shuningdek, gormonal muvozanatni saqlash uchun murakkab uglevodlar (guruch, bug‘doyli non va sabzavotlar) hamda foydali yog‘lar (yong‘oqlar, urug‘lar va o‘simlik moylari) ham muhim.

Ushbu maqola axborot xarakteriga ega. Turmush tarzingizni o‘zgartirishdan yoki har qanday preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Раздел не найден.