Xan Stanislav Askoldovich,
“Tvoy doc” platformasi endokrinologi, diyetologi
Ushbu misolda vazn tashlash kabi nozik masalada psixologik muammolarni e’tiborsiz qoldirmaslik naqadar muhim ekani haqida juda yaqqol hikoya keltirilgan. Men o‘z qabullarimda juda ko‘p bir xil xatolarga duch kelaman.
Odatda, bemor qabulga keladi va uning asosiy maqsadi “ozish” bo‘ladi. Va katta ehtimol bilan unga beriladigan asosiy (ammo mutlaqo ma’nosiz) tavsiyalar “kamroq yeng, ko‘proq harakatlaning” ruhida bo‘ladi. Navbatdagi “1200 kkaloriyalik taomnoma”ni yoki “nima yeyish mumkin-u, nima mumkin emasligi haqidagi qandaydir qoidalar to‘plami”ni olgan sho‘rlik bemor bu yo‘lda yolg‘iz qoladi. U bularning barchasiga amal qilishga harakat qiladi, biroq ertami-kechmi o‘zini tiya olmaydi. Natijada yo‘qotilgan barcha kilogrammlar (agar yo‘qotgan bo‘lsa) 1–2 kun ichida qaytib keladi-da, navbatdagi hafsala pir bo‘lishi, qayg‘u va o‘zini-o‘zi koyish davri boshlanadi. Hayot esa abadiy kurashga aylanib qoladi.
Shu sababli, insonning nafaqat ovqatlanish tartibini va aynan nimalar yeyishini tahlil qilish, balki unda ovqatlanish xulq-atvorining buzilishlari bor-yo‘qligini ham tashxislash o‘ta muhimdir. Chunki bu holatda mashhur “hamma gap miyada” degan ibora hal qiluvchi ahamiyatga ega. Inson sport zalida ozishga qanchalik urinmasin, parhezlar va cheklovlar bilan o‘zini qiynamasin, ovqatlanish xulq-atvori ustida ishlamasdan, ruhiy xotirjamlikka erishmasdan turib, uni muqarrar ravishda muvaffaqiyatsizlik kutadi.